Rezyume yuborib va EPAM kompaniyalar guruhining saytida (keyinchalik - "Sayt") so‘rovnomani to‘ldirib, men (keyinchalik - "Subyekt"), mazkur bilan, quyidagi shartlarga muvofiq, "EPAM SISTEMS" Mas’uliyati cheklangan korxona shaklidagi Xorijiy Korxonasiga shaxsiy ma’lumotlarimga ishlov berishga erkin tarzda, o‘z ixtiyorim bilan va o‘z manfaatlarimni ko‘zlab axborotli va ongli roziligimni beraman:
SHAXSIY MA’LUMOTLARGA ISHLOV BERILISHIGA ROZILIK
(keyinchalik - Rozilik)
1. TA’RIFLAR
Mazkur Rozilik maqsadlari uchun quyidagi keltirilgan ta’riflar ahamiyatga ega:
A) "Mulkdor" ostida O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, 100015, Oybek ko‘chasi, 18/1, "Atrium" biznes markazi, 5-qavatda joylashgan «EPAM SYSTEMS» Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Xorijiy Korxona tushuniladi.
B) "EPAM yuridik shaxslari" deganda Mulkdor bilan bitta kompaniyalar guruhiga kiruvchi shaxslar tushuniladi, ularning ro‘yxati quyidagi havolada berilgan: https://www.epam-group.ru/legal-entities.
V) "Hujjatlar" deganda har qanday axborot va ma’lumotlar, jumladan qog‘ozli hujjatlarda mavjud bo‘lgan hamda elektron ko‘rinishda kompyuterda, serverlarda va Mulkdorga tegishli bo‘lgan yoki Mulkdor tomonidan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida foydalaniladigan ma’lumotlar saqlanadigan boshqa qurilmalardagi Shaxsiy ma’lumotlar tushuniladi.
G) "Shaxsiy ma’lumotlar" deganda quyidagilar tushuniladi: ma’lum jismoniy shaxsga (Subyektga) tegishli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, jumladan Beamery (batafsil ushbu Rozilikning 2.8.1.-bandidan ko‘ring) vositasidan foydalanib yig‘iladigan har qanday ma’lumotlar, aynan:
1) Subyekt haqida asosiy ma’lumotlar, ya’ni, uning FIO, jinsi, fuqaroligi, avtobiografiyasi, tug‘ilgan sanasi (kun/oy/yil) va joyi, manzili/turgan joyi to‘g‘risida ma’lumotlar, pochta indeksi;
2) ega bo‘lgan ish tajribasi to‘g‘risida ma’lumotlar, jumladan avvalgi ish joylari to‘g‘risida (ish beruvchilarning nomlari, ishni boshlash va yakunlash sanalari, lavozimi, bo‘linmasi, taqdirlanishlari va mukofotlari), fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida Subyekt hamkorlik qilgan avvalgi va joriy mijozlar (mijozlarning nomlari, ular uchun bajarilgan ishlarning, ko‘rsatilgan xizmatlarning boshlanishi va yakunlanishi, bajariladigan ishlarning, ko‘rsatiladigan xizmatlarning turi va tabiati), shuningdek afzal ko‘radigan shartlari, Mulkdordagi ishining tabiati va turi to‘g‘risida (kasbi, lavozimi, ishlash joyi, mehnat vazifalari, lavozimdagi majburiyatlari, ishni boshlash muddati, ish vaqti va dam olish vaqti rejimi), mehnat staji (ish staji), avvalgi ish beruvchilarning xodimlari to‘g‘risida yoki mehnat faoliyatini amalga oshirgan, ishlarni bajargan, xizmatlarni ko‘rsatgan vaqtida Subyekt o‘zaro aloqa qilgan va Subyektning malakasi, u bajaradigan ishlarining, ko‘rsatadigan xizmatlarining sifati haqida tavsiyalar berishi mumkin bo‘lgan mijozlar to‘g‘risida ma’lumotlar, mehnat safarlariga va relokatsiyaga tayyorligi to‘g‘risida ma’lumotlar;
3) ma’lumoti, mahoratlari va ijtimoiy mavqesi to‘g‘risida ma’lumotlar, jumladan sertifikatlari, professional assotsiatsiyalarda ishtiroki, ilmiy unvonlari va darajalari to‘g‘risida ma’lumotlar (jumladan, ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatlarda mavjud bo‘lgan ta’lim yoki ilmiy muassasasining nomi, o‘qish davri, tugatgan sanasi, fakulteti, olgan ixtisosligi, yo‘nalishi va mutaxassisligi, xorijiy tillarni bilish darajasi, attestatsiyadan o‘tganligi, malaka oshirganligi va kasbiy qayta tayyorgarlikdan o‘tganligi, ilmiy ishlari va ishlanmalari kabi ma’lumotlar), oilaviy ahvoli va oilasining tarkibi, farzandlari borligi to‘g‘risida ma’lumotlar;
4) aloqa ma’lumotlari va Mulkdorning va EPAM yuridik shaxslarining saytlaridagi (keyinchalik - "Saytlar") faolligi to‘g‘risida ma’lumotlar, jumladan elektron pochta manzili, telefoni (mobil), chatlardagi va boshqa elektron resurslardagi aloqalari, Subyekt kirishga ruxsat bergan ijtimoiy tarmoqlardan axborotlar, jumladan ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z akkauntining tarmoqli identifikatori (ID), "do‘stlarining" aloqalari yoki ro‘yxati, hamda Subyekt umum erishimli qilib nashr qilgan axborot, vakansiyalarga ariza/javoblari to‘g‘risida axborot, Subyekt Mulkdor bilan o‘zaro aloqa qilish chog‘ida foydalanadigan qurilmalarning IR-manzillari, ularning modellari, brauzer tarixi, qurilma turi, operatsion tizim va kompyuterning, mobil brauzerning turi, «cookies» fayllari, Saytlardagi harakatlari to‘g‘risida ma’lumotlar (jumladan, ko‘rayotgan reklamasi, Saytlarning servislaridan foydalanishi to‘g‘risida), Saytlarga (sessiyaga) kirish sanasi va vaqti, ma’lumotlarni yangilashi va o‘chirib tashlashi, jumladan, Yandeks.Metrika, Google Analytics, Google Tag Manager, Mixpanel, Hotjar va boshqa metrik dasturlardan foydalanib;
5) moliyaviy axborot, jumladan joriy daromadning taxminiy miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda Subyekt Mulkdorga ishga qabul qilingan taqdirda Mulkdorda oladigan lavozim okladining yoki tarif stavkasining taxminiy miqdori;
6) Subyektning jismoniy ma’lumotlari to‘g‘risidagi axborot, jumladan fotosuratlari, Mulkdorning xonalarida o‘rnatilgan videokuzatuv tizimlarining yozuvlari (videotasvirlar);
7) suhbat to‘g‘risidagi axborot: Subyekt tomonidan Mulkdorning test vazifalarini bajarish natijasi, Mulkdor xodimlari shaxsiy ma’lumotlar Subyekti bilan o‘tkazgan suhbatining natijalari (yakunlari) va kechishi, bunday suhbat chog‘ida berilgan savollarning javoblari, jumladan suhbatning audio- va videoyozuvi, Mulkdorning vakillari yoki EPAMning boshqa yuridik shaxslari bilan elektron pochta orqali yozishmalari;
8) Subyekt o‘z ixtiyoriga ko‘ra taqdim etgan boshqa ma’lumotlar.
D) "Ishlov berish" deganda shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, qo‘shimcha qilish, ishlatish, taqdim etish, tarqatish, uzatish, jumladan mazkur Rozilikda ko‘rsatilgan shaxslarga, transchegaraviy o‘tkazish, Shaxsiy ma’lumotlarni shaxssizlantirish va yo‘qotish bo‘yicha avtomatizatsiya vositalaridan foydalanib yoki bunday vositalardan foydalanmasdan amalga oshiriladigan bitta harakat yoki harakatlar to‘plami tushiniladi.
E) Shaxsiy ma’lumotlarga Ishlov berish maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:
1) Mulkdor va Subyekt o‘rtasida Subyektning malakasini Mulkdordagi vakansiyalarga muvofiq kelishi borasida shartnoma tuzish imkoniyati masalasini ko‘rib chiqish.
2) Mulkdor va EPAM Yuridik shaxslarining kadrlar zaxirasini shakllantirish uchun Subyektning shaxsiy ma’lumotlarini Mulkdorning ma’lumotlar bazasiga kiritish, potensial kontragentlarni, Mulkdor va EPAM Yuridik shaxslari uchun vakant lavozimlarga nomzodlarni izlash (jumladan, Beamery vositasidan foydalanib).
3) Subyekt bilan qaytuvchi aloqani o‘rnatish (jumladan, unga yangiliklarni, Mulkdor yoki EPAMning boshqa Yuridik shaxslari tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarga tarqatmalarni va bunday tadbirlarga taklifnomalarni, Mulkdor va EPAM Yuridik shaxslari a’zo bo‘lgan kompaniyalar guruhi doirasida axborot kompaniyalarda mavjud bo‘lgan vakansiyalar va yangilanishlar to‘g‘risidagi axborotlarni, fuqarolik-huquqiy yoki mehnat shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi takliflarni yuborish), jumladan Mailchimp vositasidan foydalanib.
4) Mulkdor xodimlari tomonidan Subyekt bilan o‘tkazilgan suhbatlarning audio- va videoyozuvlariga yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlarda hamda tajriba almashish va tajribaliroq xodimlardan kamroq tajribaga ega bo‘lgan xodimlarga bilimlar uzatish maqsadida, jumladan ular tomonidan suhbatlarni olib borish usullarini, ularni o‘tkazish tartibini o‘rganish uchun Mulkdor va EPAM Yuridik shaxslarining boshqa xodimlariga keyinchalik namoyish qilish maqsadida hamda ish beruvchi tomonidan suhbatda ishtirok etayotgan Mulkdor/EPAM Yuridik shaxslari xodimining vakolatlarini baholash maqsadida ishlov beriladi.
5) Mulkdorning xonalarida o‘rnatilgan videokuzatuv tizimlarining yozuvlariga (videotasvirlarga) shaxsiy ma’lumotlar subyektlarining shaxsiy xavfsizligini ta’minlash va Mulkdor va shaxsiy ma’lumotlar subyektlari mol-mulkining xavfsizligini ta’minlash maqsadida ishlov beriladi, Subyektning shaxsini aniqlash maqsadida ishlatilmaydi va, natijada, Subyektning biometrik shaxsiy ma’lumotlari hisoblanmaydi.
6) Subyektning shaxsiy ma’lumotlari EPAM Yuridik shaxslariga izlanuvchilarning korporativ ichidagi hisobini amalga oshirish va Mulkdor va EPAM Yuridik shaxslari a’zo bo‘lgan kompaniyalar guruhi doirasida yagona kadrlar zaxirasini shakllantirish uchun hamda Mulkdor va EPAM Yuridik shaxslarini ichki axborot bilan ta’minlash maqsadida (jumladan, Mulkdor va EPAM Yuridik shaxslarining xodimlari tajriba almashishi va qo‘shimcha bilimlar olishi uchun materiallar bilan ta’minlash maqsadida) uzatiladi (jumladan, transchegaraviy tarzda).
7) Subyektlarning shaxsiy ma’lumotlari Beamery Ltd kompaniyasiga (batafsil ushbu Rozilikning 2.8.1.-bandida ko‘ring), The Rocket Science Group LLC kompaniyasiga, aynan Mailchimp vositasiga (batafsil ushbu Rozilikning 2.8.2.-bandida ko‘ring), Codility Limited kompaniyasiga (batafsil ushbu Rozilikning 2.8.3.-bandida ko‘ring) ham, shuningdek Mulkdorga xizmatlar (yuridik, auditorlik, buxgalterlik, qo‘riqlash va h.z.) ko‘rsatish uchun Mulkdor bilan shartnoma tuzgan operatorlarga va boshqa shaxslarga ham taqdim etilishi mumkin, agar bu narsa bunday operatorlar va boshqa shaxslar tomonidan Mulkdorga xizmatlarni tegishli tarzda ko‘rsatilishi uchun zarur bo‘lsa.
8) Subyektning shaxsiy ma’lumotlari ham Staffing Desk axborot tizimida Mulkdor va EPAM Yuridik shaxslari uchun umumiy bo‘lgan ma’lumotlar bazasida saqlanadi va ishlov beriladi, unga kirishga ruxsat Mulkdor va EPAM Yuridik shaxslarining bunday shaxsiy ma’lumotlar lavozim majburiyatlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan xodimlariga taqdim etilgan. Shu kabi kirishga ruxsat Mulkdor va EPAM Yuridik shaxslarini ichki axborot bilan ta’minlash va kadrlar zaxirasidan Mulkdor va EPAM Yuridik shaxslarida mavjud bo‘lgan vakant lavozimlarni to‘ldirish uchun foydalanish maqsadida taqdim etiladi.
9) Mulkdor va/yoki EPAM Yuridik shaxslarini ichki axborot bilan ta’minlash maqsadida Subyektning shaxsiy ma’lumotlari boshqa Axborot tizimlariga kiritilishi mumkin.
10) Saytlardagi faolligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga, vakansiyalarga arizalar/javoblar to‘g‘risidagi axborotga, Subyekt tomonidan Mulkdor bilan o‘zaro aloqa qilish chog‘idagi ishlatiladigan qurilmalarning IP-manzillari, ularning modellari, brauzer tarixi, qurilma turi, operatsion tizim va kompyuterning, mobil brauzerning turiga, «cookies» fayllari, Saytdagi harakatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga (jumladan, ko‘rilayotgan reklama, Sayt servislaridan foydalanish to‘g‘risidagi), Saytlarga kirish sanasi va vaqti (sessiyalar), ma’lumotlarni yangilash va o‘chirishga, jumladan Yandeks.Metrika, Google Analytics, Google Tag Manager, Mixpanel, Hotjar va boshqa metrik dasturlardan foydalanib, Saytlarning ishini yaxshilash maqsadida, Saytlar bilan ishlash qulayligini va samaradorligini oshirish, Subyektning ehtiyojlariga ko‘proq javob beradigan xizmatlarni taqdim etish, uning istaklarini aniqlash, reklama e’lonlarini aks ettirish (fe’l-atvorli reklama), Mulkdor va uning hamkorlarining qarorlari va xizmatlari bo‘yicha maqsadli axborotni taqdim etish, VKontakte, Facebook, Instagram servislari orqali Saytlarda Subyektning istaklari/harakatlari asosida Subyektga targetlangan reklamani taqdim etish hamda Saytlar ishlashining texnik imkoniyatlarini ta’minlash maqsadida ishlov beriladi.
Men «cookies» fayllariga ishlov berishning yanada batafsilroq Shartlari bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqdim https://www.epam-group.ru/cookie-policy.
11) Individual kommunikatsion yondashish maqsadida Beamery vositasidan foydalanib, tahlil natijalari (jumladan, Saytlarda Sub’ekt javoblarining faolligini, unga marketing kampaniyalari doirasida yuborilgan havolalar bo‘yicha o‘tishini tahlil qilish) asosida Mulkdor va EPAMning boshqa Yuridik shaxslari tomonidan marketing kampaniyalarini/hodisalarni o‘tkazish (Beamery vositasining funksionali to‘g‘risida batafsil ushbu Rozilikning 2.8.1.-bandida ko‘ring).
12) Subyekt va EPAM kompaniyalar guruhidagi Mulkdor/Yuridik shaxs o‘rtasida fuqarolik-huquqiy yoki mehnat shartnomasini tuzish masalasini ko‘rib chiqish chog‘ida texnik ko‘nikmalar darajasini (dasturlash texnologiyalarini, dasturlash tillari va h.z.) baholash maqsadida Subyektga https://codility.com/ saytida hamda Codility Limited kompaniyasining (9th Floor, 107 Cheapside, London, United Kingdom EC2V 6DN) boshqa saytlarida erishimli bo‘lgan testlardan/vazifalardan o‘tish imkoniyatini taqdim etish.
J) "Natija" deganda Shaxsiy ma’lumotlarga va Mulkdor va EPAM Yuridik shaxslari tomonidan Shaxsiy ma’lumotlarga Ishlov Berish Maqsadlariga muvofiq olingan va ishlov berilgan boshqa ma’lumotlarga ishlov berish natijasi tushuniladi.
2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING "SHAXSIY MA’LUMOTLAR TO‘G‘RISIDA"GI 2019 YIL 2 IYULDAGI 547-SONLI QONUNIGA MUVOFIQ ROZILIK.
2.1. Subyekt Mulkdorga mazkur Rozilikda ko‘rsatilgan o‘z shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etadi va mazkur Rozilikning 1-moddasi, E) bandida ko‘rsatilgan maqsadlarda Mulkdor tomonidan hujjatlarga va mazkur Rozilikning 1-moddasi, D) bandida sanab o‘tilgan Shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berilishiga erkin, o‘z ixtiyori bilan va o‘z manfaatida o‘zining xabardor qilingan va ongli roziligini beradi, shu o‘rinda ishlov berishning har bir maqsadi uchun ishlov berishning faqat mazkur maqsadiga javob beradigan Shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berilishi mumkin.
2.2. Mazkur Rozilikda ko‘rsatilgan holatlarda va maqsadlarda Subyekt EPAM Yuridik shaxslariga va boshqa shaxslarga o‘z Shaxsiy ma’lumotlarini ochilishiga va uzatilishiga, jumladan transchegaraviy uzatilishiga roziligini beradi.
2.3. Subyekt u haqidagi Shaxsiy ma’lumotlar olinishi mumkinligi to‘g‘risida xabardor qilingan va Mulkdor tomonidan quyidagi shaxslarga tegishli so‘rov yuborish orqali hamda "Internet" axborot-telekommunikatsiya tarmog‘i orqali uchinchi shaxslardan, xususan, Mulkdorning xodimlaridan va avvalgi xodimlaridan, boshqa jismoniy shaxslardan, EPAM yuridik shaxslaridan, ularning xodimlari va pudratchilaridan, Subyektning avvalgi ish beruvchilaridan va mijozlaridan, huquqni himoya qiluvchi va boshqa davlat va munitsipal organlaridan, mazkur Rozilikning 1-moddasi G) bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar ishlov berilishi va saqlanishi mumkin bo‘lgan tashkilotlardan, muassasalardan ishlov berilish maqsadida Mulkdor uning Shaxsiy ma’lumotlarini olishiga o‘z roziligini beradi.
Mazkur bilan Sub’ekt uchinchi shaxslardan uning Shaxsiy ma’lumotlarini olishga rozilik bermasligining oqibatlari borasida ogohlantirilganligini tasdiqlaydi, xususan, bunday rad etishda Subyektning obro‘sini va qonunga rioya qilishini tekshirish imkoni bo‘lmaydi, va Subyektning ishbilarmonlik va professional sifatlarini uning hamkasblari va ish beruvchilaridan olish imkoni bo‘lmaydi, bu esa Mulkdor tomonidan nomzodni tanlashda omillardan biri bo‘lib xizmat qilishi mumkin, jumladan ishga joylashishda xuddi o‘sha lavozimga boshqa izlanuvchiga imtiyoz berilishining sababi bo‘lishi mumkin.
2.4. Mazkur rozilikda ko‘rsatilgan holatlarda va Maqsadlarda Mulkdor va EPAM Yuridik shaxslari Shaxsiy ma’lumotlarni va Subyektning Shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanib tayyorlangan yoki tarkibida ushbu ma’lumotlar bo‘lgan Natijani EPAMning istalgan Yuridik shaxsiga, operatorga va Mulkdor xizmatlar ko‘rsatish uchun shartnoma tuzgan boshqa shaxslarga uzatishi (ochishi) mumkinligiga Subyekt o‘z roziligini bildiradi. Shu o‘rinda Subyekt bunday uzatishning (ochilishining) har bir holati to‘g‘risida uni xabardor qilish talab etilmasligiga rozi bo‘ladi.
2.5. Subyektning Shaxsiy ma’lumotlariga ishlov beriladigan Mulkdorning xonalarida (ofislarida) videokuzatuv (videos’yomka) olib borilishiga Subyekt rozilik bildiradi. Suhbatning audio- videoyozuvini amalga oshirishga Sub’ekt tomonidan alohida rozilik, jumladan bunday suhbatni o‘tkazishda og‘zaki shakldagi rozilik berilgan holatlarda Mulkdor yoki EPAM Yuridik shaxsi tomonidan Subyektning Shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berish amalga oshirilayotgan suhbatning audio- videoyozuvi amalga oshirilishi mumkin.
2.6. Mulkdorga tavsiyachilar, avvalgi ish beruvchilarning xodimlari, mijozlar, yaqin qarindoshlarning (eri/xotini, farzandlari, jumladan boqib olingan farzandlari) Shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etib, Subyekt Shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish Maqsadlariga muvofiq Mulkdor tomonidan ushbu shaxslarning Shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berilishiga ularning roziligini olganligini kafolatlaydi.
2.7. Mulkdor Vkontakte, Facebook, Instagram ijtimoiy tarmoqlarning reklama xizmatlaridan foydalanishi tufayli, Subyekt ushbu Rozilikning 1-moddasi E)-bandi 10-kichik bandida ko‘rsatilgan shaxsiy ma’lumotlarini uzatishga va ularga kirish ruxsatini taqdim etishga Vkontakte (www.vk.com, «V Kontakte» mas’uliyati cheklangan jamiyati («V Kontakte» MChJ), joylashgan manzili: 191024, Sankt-Peterburg, Xersonskaya ko‘ch., 12-14 uy, liter A, 1-N xona), Facebook (www.facebook.com, Facebook, Inc., joylashgan manzili: 1601 Willow Rd. Menlo Park, CA 94025), Instagram (www.instagram.com, Facebook, Inc., joylashgan manzili: 1601 Willow Rd. Menlo Park, CA 94025) ijtimoiy tarmoqlariga Vkontakte, Facebook, Instagram ijtimoiy tarmoqlari orqali Subyektning istaklari/harakatlari asosida o‘lchov servislarini va reklama targetingini taqdim etish maqsadi uchun o‘z roziligini beradi.
Subyekt xabardor ekanligini tasdiqlaydi va yuqorida ko‘rsatilgan Facebook, Instagram, VKontakte ijtimoiy tarmoqlarining egalari Saytlardan va Internet tarmog‘ining har qanday boshqa resurslaridan axborot yig‘ish va olish uchun cookie fayllarini, veb-mayoqlarini va boshqa saqlash texnologiyalarini ishlatishi mumkinligiga va ushbu axborotdan yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanishi mumkinligiga rozilik bildiradi. O‘zining brauzerida «cookies» fayllarini saqlashni taqiqlash orqali Subyekt reklama targetingi uchun axborot yig‘ishni va foydalanishni taqiqlab qo‘yishi mumkinligi borasida xabardor qilingan. Shuningdek Subyekt quyidagi saytlarda bunday tanlovni amalga oshirish mexanizmiga kirishga ruxsat olishi mumkinligi borasida xabardor qilingan:
Cookie-fayllar va ularning ishlash tamoyillari to‘g‘risida yanada batafsil ma’lumotni http://www.aboutcookies.org/ resursida topish mumkinligi borasida Subyekt xabardor qilingan.
2.8. Subyekt o‘z shaxsiy ma’lumotlarini, aynan quyidagilarni transchegaraviy uzatishga va ularga kirish ruxsatini berishga o‘z roziligini bildiradi:
2.8.1. o‘z ichiga quyidagilarni kiritadigan shaxsiy ma’lumotlar: familiyasi, ismi, elektron pochta manzili, ega bo‘lgan ish tajribasi/faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar (tashkilotning, tashkilotdagi lavozimining nomi), rezyume, vakansiyalarga arizasi/javobi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, joylashgan joyining manzili/ma’lumotlari, pochta indeksi, aloqa telefoni raqami, ma’lumoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar, Subyekt kirish ruxsatini bergan ijtimoiy tarmoqdagi ma’lumotlar, jumladan ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z akkuntining tarmoqli identifikatori (ID), aloqalar yoki "do‘stlarining" ro‘yxati, hamda Subyekt nashr etib umumerishimli qilib qo‘ygan ma’lumotlar, Mulkdor yoki EPAM boshqa yuridik shaxslarining vakillari bilan elektron pochta orqali yozishmalari, Subyekt o‘z ixtiyori bo‘yicha taqdim etgan boshqa ma’lumotlar, avtomatik rejimda yig‘iladigan (Saytlarga kirishda foydalaniladigan qurilmalarning IP-manzillari, brauzer tarixi, qurilma turi, operatsion tizim va kompyuterning, mobil brauzerning turi, Saytlarga kirgan sanasi va vaqti (sessiyalar), ma’lumotlarni yangilash va o‘chirish, Saytlardagi harakatlari to‘g‘risida ma’lumotlar, «cookies» fayllari), jumladan
Beamery Ltd. kompaniyasining (www.beamery.com, joylashgan manzili: 97-101 Hackney Road, London, E2 8ET, United Kingdom) Google Analytics, Mixpanel metrik dasturlaridan (jumladan, u tomonidan jalb qilinadigan operatorlar va boshqa shaxslardan) foydalanib yig‘iladigan boshqa ma’lumotlar, va shaxsiy ma’lumotlarni Beamery Ltd. kompaniyasi (jumladan, u tomonidan jalb qilinadigan operatorlar va boshqa shaxslar) tomonidan quyidagi maqsadlarda ishlatilishi:
- Mulkdor va EPAM boshqa yuridik shaxslari tomonidan har tomonlama o‘rnatma tahlil bilan marketing kampaniyalarini/hodisalarini o‘tkazish hamda xabarlar/kommunikatsion oqimlar (masalan, javoblarning faolligi/tez-tezligi, qiziqish), harakatlar/triggerlar (masalan, marketing kampaniyalari doirasida yo‘llangan havolalar bo‘yicha o‘tish) asosida ishtirok etish/muvofiqlik mezonlari bo‘yicha nomzodlar tarkibini segmentatsiyalash/bo‘lish yo‘li bilan EPAM yuridik shaxsi va nomzodlar/potensial kontragentlar o‘rtasida fuqarolik-huquqiy yoki mehnat shartnomasini tuzish masalasini ko‘rib chiqish uchun bunday nomzodlar/potensial kontragentlarni izlash va jalb qilish,
- sozlanadigan avtomatlashtirilgan elektron xatlar/sms/messenjerlar orqali Subyekt va Mulkdor vakillari yoki EPAM yuridik shaxslari o‘rtasida kommunikatsiya/aloqalarni amalga oshirish,
- Mulkdorning shaxsiy ma’lumotlar axborot tizimlaridagi ma’lumotlarini turlicha ijtimoiy tarmoqlardagi va ochiq rezyume bazalaridagi ma’lumotlar bilan avtomatik tarzda to‘ldirish;
- shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berishga bo‘lgan ushbu Rozilikda ko‘rsatilgan boshqa maqsadlarda;
2.8.2. The Rocket Science Group LLC kompaniyasining (joylashish manzili: 675 Ponce de Leon Ave NE, Suite 5000, Atlanta, GA 30308 USA), aynan uning Mailchimp (www.mailchimp.com) vositasining (jumladan, u tomonidan jalb qilinadigan operatorlar va boshqa shaxslarning) o‘z ichiga ismi, familiyasi, elektron pochta manzili, ko‘nikmalari va ularning darajasini, joylashgan joyini, tashrif buyuradigan tadbirlari to‘g‘risidagi axborotni oladigan shaxsiy ma’lumotlar, va The Rocket Science Group LLC kompaniyasi (jumladan, u tomonidan jalb qilinadigan operatorlar va boshqa shaxslar) tomonidan Subyektning shaxsiy ma’lumotlaridan faqat Subyekt bilan qaytuvchi aloqani o‘rnatish uchun ishlatilishi (jumladan, unga Mulkdor yoki EPAM Yuridik shaxslari tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar to‘g‘risidagi yangiliklarni, tarqatmalarni va bunday tadbirlarga taklifnomalarni yuborish, Mulkdor va EPAM Yuridik shaxslari a’zo bo‘lgan axborot kampaniyalarida mavjud bo‘lgan vakansiyalar va yangilanishlar to‘g‘risidagi axborotni, fuqarolik-huquqiy yoki mehnat shartnomasini tuzish borasidagi takliflarni yuborish uchun);
2.8.3. ismi, familiyasi, elektron pochta manzili,
Codility Limited kompaniyasiga (https://codility.com/, joylashgan manzili: 9th Floor, 107 Cheapside, London, United Kingdom EC2V 6DN) va Subyekt va Mulkdor/EPAM Yuridik shaxsi o‘rtasida fuqarolik-huquqiy yoki mehnat shartnomasini tuzish masalasini ko‘rib chiqish jarayonida Subyektning texnik ko‘nikmalari darajasini baholash maqsadida Mulkdor Codility Limited kompaniyasidan olgan https://codility.com/ saytida hamda Codility Limited kompaniyasining boshqa saytlarida testlardan o‘tishiga doir natijalariga ishlov berilishiga (jumladan, ushbu Rozilikda ko‘rsatilgan shaxslarga transchegaraviy uzatilishiga) o‘z roziligini beradi.
3. SHAXSIY MA’LUMOTLARNI OLISH MANBASI, SHAXSIY MA’LUMOTLAR BILAN AMALGA OSHIRILADIGAN HARAKATLAR RO‘YXATI VA MULKDOR TOMONIDAN QO‘LLANILADIGAN ISHLOV BERISH USULLARI
3.1. Subyektning, jumladan Beamery vositasidan foydalanib (batafsil ushbu Rozilikning 2.8.1.-bandida) yig‘iladigan Shaxsiy ma’lumotlarini olish manbasi quyidagilar hisoblanadi:
3.1.1. Mulkdorga Subyektning o‘zi taqdim etgan Shaxsiy ma’lumotlar bo‘lgan axborot, hujjatlar;
3.1.2. qonuniy asosda Shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berishni amalga oshiradigan shaxslardan, jumladan, davlat organlaridan, boshqa tashkilotlardan, yakka tartibdagi tadbirkorlardan, jismoniy shaxslardan, Mulkdorga xodimlarni izlash va tanlash xizmatlarini ko‘rsatadigan kadrlar agentliklaridan olingan, tarkibida Shaxsiy ma’lumotlar bo‘lgan axborot, hujjatlar;
3.1.3. Shaxsiy ma’lumotlarning umumerishimli bo‘lgan manbalaridan va Shaxsiy ma’lumotlar Subyektning o‘zi tomonidan umumerishimli qilingan manbalardan, jumladan quyidagilardan olingan, tarkibida Shaxsiy ma’lumotlar bo‘lgan axborot:
1) subyektlarning o‘zlari rezyumelarini joylashtiradigan ish izlash portallari;
2) ijtimoiy tarmoqlardagi va Internet tarmog‘idagi professionallar hamjamiyati tarmoqlaridagi sahifalar (masalan, LinkedIn, VKontakte, Odnoklassniki, Facebook va hokazo);
3) Mulkdor va EPAM Yuridik shaxslarining Staffing Desk ichki axborot tizimi;
4) shaxsiy ma’lumotlarning boshqa umumerishimli manbalari;
3.1.4. tarkibida Shaxsiy ma’lumotlar bo‘lgan va Mulkdor va Subyekt o‘rtasidagi o‘zaro aloqani amalga oshirish chog‘ida yaratilgan/olingan axborot, hujjatlar, jumladan, Mulkdorning xonalarida o‘rnatilgan videokuzatuv tizimlarining yozuvlari (videotasvirlar), suhbatlarning audio- va videoyozuvlari;
3.1.5. Shaxsiy ma’lumotlarni olishning boshqa qonuniy manbalari.
3.2. Shaxsiy ma’lumotlar bilan amalga oshiriladigan harakatlarning ro‘yxati: Shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, qo‘shish, foydalanish, tarqatish, taqdim etish, shaxssizlantirish, yo‘q qilish hamda Shaxsiy ma’lumotlarni uzatish, jumladan transchegaraviy, og‘zaki, yozma, elektron yoki boshqa ko‘rinishda uzatish (jumladan, shaxsiy ma’lumotlarni himoyasini ta’minlamaydigan xorijiy davlatlarning hududiga).
3.3. Shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish uchun qo‘llaniladigan usullar: (i) avtomatlashtirilgan ishlov berish, (ii) avtomatlashtirish vositalaridan foydalanmasdan ishlov berish (avtomatlashtirilmagan); (iii) aralash ishlov berish; (iv) elektron ko‘rinishda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni nusxa ko‘chirish yo‘li bilan va shaxsiy ma’lumotlarni yo‘q qilmaydigan boshqa usullarda olish bilan ishlov berish; (v) shaxsiy ma’lumotlarni qog‘ozli ko‘rinishda saqlash hamda elektron ko‘rinishda Kompaniya, EPAM Yuridik shaxslari, ularning kontragentlari, operatorlarining, bunday shaxsiy ma’lumotlar ushbu rozilikning shartlariga muvofiq berilgan boshqa shaxslarning serverlarida saqlash; (vi) shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish maqsadlariga taalluqli bo‘lgan axborot borligiga nisbatan shaxsiy ma’lumotlarni ko‘rib chiqish; (vii) bunday shaxsiy ma’lumotlar o‘z lavozim vazifalarini, ushbu Rozilikning shartlariga muvofiq Kompaniya bilan tuzilgan fuqarolik-huquqiy shartnoma doirasida majburiyatlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan shaxslarga shaxsiy ma’lumotlarga kirish ruxsatini taqdim etish; (viii) Rozilikda kelishilgan shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish maqsadlariga muvofiq bo‘lgan boshqa ishlov berish usullari.
4. ROZILIKNI KUCHGA KIRISH VA CHAQIRIB OLISH SHARTLARI, ROZILIKNING AMAL QILISH MUDDATI
4.1. Mazkur Rozilik Subyekt tomonidan imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi, Mulkdordagi bo‘sh o‘rinlarni to‘ldirishda Subyektning nomzodini ko‘rib chiqishning butun davri davomida hamda izlanuvchini kadrlar zaxirasiga qo‘shish maqsadida ishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin, bilimlar olish va tajriba almashish maqsadida suhbatlarning audio- va videoyozuvlarini Mulkdor xodimlariga va EPAM Yuridik shaxslariga namoyish qilishda Subyekt tomonidan rozilik chaqirib olingunga qadar amal qiladi, agar Subyektning shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berish va saqlashning boshqa qonuniy asosi bo‘lmasa. Mazkur muddat davomida Mulkdor, mazkur Rozilikda ko‘rsatilgan boshqa shaxslar Subyektning mazkur Rozilikda ko‘rsatilgan Shaxsiy ma’lumotlariga mazkur Rozilikning shartlariga muvofiq ishlov berishga, shu jumladan, saqlashga haqli.
4.2. Mazkur Rozilik Subyekt tomonidan quyidagi manzilga buyurtma xati bilan yuborilgan yoki shaxsan Subyektning o‘zi topshirgan chaqirib olish to‘g‘risidagi xabarnomani berish orqali istalgan vaqtda chaqirib olinishi mumkin: «EPAM SYSTEMS» Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Xorijiy Korxona, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirobod tumani, 100015, Oybek ko‘chasi, 18/1, «Atrium» biznes markazi, 5 qavat Mazkur Rozilikni chaqirib olish Mulkdorga tegishli xabarnoma topshirilgan sanadan kuchga kiradi.
4.3. Shaxsiy ma’lumotlarga, jumladan fe’l-atvorli va targetlangan reklamani taqdim etish/ko‘rsatish uchun yig‘iladigan va ishlov beriladigan shaxsiy ma’lumotlarga metrik dasturlar ((Yandeks.Metrika, Google Analytics, Google Tag Manager, Mixpanel, Hotjar va boshqalar) bilan ishlov berilishi rad etilgan holatlarda mazkur Rozilikning 2.7-bandida ta’riflanganidek, Saytdan foydalanishni to‘xtatish yoki brauzer sozlamalarida «cookie» fayllarini o‘chirib qo‘yish zarurligi borasida Subyekt xabardor qilingan.
4.4. Mazkur Rozilik chaqirib olingan holatlarda mulkdor Subyektning Shaxsiy ma’lumotlariga faqat O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 iyuldagi O‘RQ-547-sonli "Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida"gi Qonunida va O‘zbekiston Respublikasining boshqa me’yoriy hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda ishlov berishni davom etishi mumkin.
4.5. Agar mazkur Rozilikning qandaydir qoidalari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq emas yoki haqiqiy emas deb topilsa, ushbu holat Rozilikning boshqa qoidalarini haqiqiyligiga va qonuniy huquqiga egaligiga ta’sir qilmasligi kerak.
4.6. Mazkur bilan Subyekt mazkur Rozilik taqdim etilishidan oldin uning shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berilishi to‘g‘risidagi axborot bilan hamda shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilikka muvofiq unga berilgan huquqlar bilan tanishib chiqqanligini tasdiqlaydi.